«Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilinadi
Qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama uchun qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portaliga joylashtirilgan.

Foto: Depositphotos
Norma’ning yozishicha, loyihaning maqsadi ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning lozim tarzda huquqiy himoyalanganini ta’minlashdan iborat.
Qonun qo‘llaniladigan soha kengaytirilgan hamda unda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalarga tuzatishlar kiritilgan. Masalan, ma’muriy-huquqiy faoliyat ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhiga tashqi majburiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’muriy va boshqaruv xususiyatidagi faoliyat hisoblanadi.
Shuningdek, ma’muriy tartib-taomillar kengaytirilgan va ularga tuzatishlar kiritilgan. O‘zboshimchalik, huquqning suiiste’mol qilinishini taqiqlash, huquqni qo‘llash rad etilishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi tartib-taomillar kiritilgan.
Loyihada ma’muriy ish yuritishda idoralararo o‘zaro hamkorlik tartib-taomili o‘rniga ma’muriy ko‘maklashish tartib-taomili qo‘llanilishi nazarda tutilmoqda. Ma’muriy organning ko‘maklashish to‘g‘risidagi so‘rovi asosida amalga oshiriladigan ma’muriy ko‘maklashish muddatlari, shuningdek ko‘maklashishni rad etish asoslari belgilangan.
Loyiha bilan tegishli tarzdagi ma’muriy tartib-taomil, umumiy vakil, dastlabki ma’muriy hujjat tushunchalari kiritilmoqda.
Qanday holatlarda ma’muriy ishlar ma’muriy organning majlisida ko‘rib chiqilishi belgilangan. Quyidagi hollarda ma’muriy ish majlisda ko‘rib chiqilishi lozim:
- ma’muriy ish yuritish ommaviy tusga ega bo‘lganda;
- ma’muriy ish yuritish natijasida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni, shuningdek boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini tugatadigan yoki cheklaydigan ma’muriy hujjat qabul qilinishi mumkin bo‘lganda;
- manfaatdor shaxsning huquqiy maqomiga boshqacha tarzda jiddiy aralashilganda, bundan majlisni o‘tkazishga shoshilinch choralar qabul qilinishi zarurati to‘sqinlik qiladigan yoki ma’muriy ishni obektiv sabablarga ko‘ra majlisda ko‘rib chiqishning imkoni bo‘lmagan hollar mustasno va boshqalar.
Ma’muriy hujjat yozma, elektron yoki og‘zaki shaklda bo‘lishi belgilangan. Shuningdek u belgilar, imo-ishoralar va signallar yo‘li bilan, tasdiqlovchi hujjat berish yoki muayyan harakatlarni, shu jumladan avtomatik vositalar yordamida amalga oshirish yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
Ma’muriy shikoyat berish predmeti kengaytirildi. Quyidagilar ustidan shikoyat qilinishi mumkin:
- ma’muriy hujjatlar ustidan, shu jumladan ma’muriy hujjatni qabul qilishni rad etish yoki tegishli muddatda qabul qilmaganlik ustidan;
- qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda dastlabki ma’muriy hujjatlar ustidan;
- ijro hujjatlari ustidan;
- ma’muriy harakatlar ustidan.
Shuningdek loyihada quyidagilar belgilanmoqda:
- ma’muriy ish yuritishda guvoh, ekspert, mutaxassis va tarjimon qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari;
- protsessual hujjatga talablar;
- ma’muriy organning ma’muriy ish yuritishni boshlashi uchun asoslar hamda o‘zi qabul qilgan, shikoyat qilingan ma’muriy hujjatni bekor qilish huquqi;
- ma’muriy organlar yuritishi shart bo‘lgan ommaviy reyestrga talablar;
- ma’muriy ish yuritishda manfaatdor shaxslarni tinglash tartibi;
- ma’muriy hujjatning qonuniyligi, haqiqiyligi, haqiqiy emasligi e’tirof etiladigan, shuningdek uni bekor qilishga yo‘l qo‘yiladigan holatlar;
- qonuniy va noqonuniy ma’muriy hujjatlarni bekor qilish asoslari;
- qonuniy kuchga kirgan ma’muriy hujjatni qayta ko‘rib chiqish uchun asos va qayta ko‘rib chiqish tartibi va h.k.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
G‘azo janubida gumanitar yordam kutib turgan odamlar yana bir bor o‘qqa tutildi
Jahon | 13:51
-
Xanti-Mansiyskdagi korxonalar O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlaydi
O‘zbekiston | 13:35
-
O‘zbekistonda ilk bor og‘ir texnika ishlab chiqarish boshlandi
Iqtisodiyot | 13:16
Mavzuga oid

16:48 / 09.02.2022
Mansabdor shaxslarga o‘zboshimchalik bilan qaror qabul qilish taqiqlanmoqda

17:06 / 22.10.2021
Ikki yilda eskirgan qonun. “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun yangilanayotganiga izoh berildi

00:16 / 26.04.2021