Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bozori Bayden iqtisodiyot bo‘yicha rejasini taqdim qilgandan keyin rekord o‘rnatdi
AQShdagi yirik kompaniyalarning aksiyalarini kuzatuvchi S&P 500 indeksi tarixda birinchi marta 4 ming punktdan oshdi. Ushbu rekord ko‘rsatkich prezident Jo Bayden mamlakat iqtisodiyotini qutqarish bo‘yicha 2 trln dollarlik rejasini taqdim qilgandan keyin yuz berdi.

Foto: Brendan McDermid / Reuters
Nyu-York birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, indeks soat 18ga kelib 32 punktga o‘sib, 4004,92 punktga yetgan. Boshqa indekslar ham o‘sgan: Dow Jones 58 punktga, Nasdaq 230 punktga. Texnologik kompaniyalar orasida eng katta o‘sishni (2 foizdan ko‘proq) Facebook va Alphabet qayd qilgan.
Bozordagi bunday o‘sish Bayden iqtisodiyot bo‘yicha rejasini taqdim qilgandan keyin yuz bergan. Ushbu reja transport infratuzilmasini modernizatsiyalashga 621 mlrd dollar, keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlashga 400 mlrd dollar, sanoat tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashga 300 mlrd dollar ajratilishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, 213 mlrd dollar arzon uy-joy qurilishiga, 100 mlrd dollar keng polosali aloqa tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Mart boshida AQSh kongressi mamlakat iqtisodiyotini jonlantirishga qaratilgan 1,9 trln dollarlik choralar paketini tasdiqlagandi. Unga ko‘ra, AQShdagi barcha ishlovchi oilalarga 1,4 ming dollardan beriladi, ishsizlik bo‘yicha haftalik nafaqa esa 400 dollarga oshiriladi.
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025