Angliya, Germaniya va Fransiyada peshqadamlar to‘qnashuvi, Ispaniyada kubok finali. Hafta o‘yinlari anonsi
Uchta yaxshi xabar bor. Birinchisi, nihoyat milliy jamoalar bilan bog‘liq tanaffus tugab, klublar futboli qaytmoqda. Ikkinchidan, birinchi haftadanoq bizni odatdagidan ham ko‘p qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi.

Angliyadagi top o‘yinlardan tashqari, Berlin va Turin derbilari-yu Ispaniya kubogi finali shular jumlasidandir. Uchinchisi, eng quvonarlisi, Yevropa yozgi vaqtga qaytmoqda, demak, futbol tomosha qilgan taqdirimizda ham, avvalgidan bir soat ko‘proq uxlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Germaniya Bundesligasi. 27-tur.
3 aprel (shanba)
BORUSSIYa D – AYNTRAXT
O‘yin boshlanish vaqti: 18:30
TV-translatsiya: «Sport»
Bundesligada doim ham chempionlik uchun kurash bo‘lmasligi mumkin, ammo YeChLga yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun da'vogarlar keragidan ortiq topiladi. Dortmundliklarning «Ayntraxt» bilan o‘yini aynan mana shu yo‘llanma uchun olti ochkolik bahslar toifasiga kiradi.
Yozda Sancho kabi qimmatbaho aktivlarini sotmay, «Bavariya» bilan raqobat qilishga urinib ko‘rgan «Borussiya» yanvarni juda yomon o‘tkazdi va nafaqat chempionlik poygasidan, balki kuchli to‘rtlikdan ham chiqib ketdi. Bugungi o‘yindagi mag‘lubiyat esa dortmundliklarni top-4dan 7 ochkogacha uzoqlashtirishi mumkin. G‘alaba esa «Ayntraxt», ya'ni to‘rtinchi o‘rindagi jamoa bilan farqni bir ochkogacha qisqartiradi. «Borussiya» uchun YeChL yo‘llanmasining yana bir muhim tarafi shundaki, ushbu turnirdan chetda qolish Holand, Sancho kabi yulduzlarni Dortmundda olib qolishni qiyinlashtirib qo‘yadi. Ma'lumki, klub bu ikki futbolchidan birini kelasi mavsum uchun ham olib qolmoqchi.
Mezbonlar tarkibida Vitsel, Zagadu, Shmelser kabi futbolchilardan tashqari, Jyeydon Sancho ham maydonga tusha olmaydi. Frankfurtliklar safida esa o‘tgan turda navbatdagi sariq kartochkasini olgan Xasebe diskvalifikatsiyaga uchragan.
Darvoqe, «Ayntraxt» aynan Dortmundda mehmon bo‘lganida oxirgi marta 2010 yilning fevralida g‘alaba qozongan edi. Shundan buyon 10 uchrashuvdan beri hatto durang ham sodir bo‘lmagan, 5 tasida mezbonlar yirik hisobda g‘alaba qozonishgan. Shu 10 o‘yinning 9tasida Dortmund klubi kamida 3 gol urishning uddasidan chiqqan ekan.
Fransiya chempionati. 31-tur.
3 aprel (shanba)
PSJ – LILL
O‘yin boshlanish vaqti: 20:00
TV-translatsiya: «Match TV Futbol»
Odatda, bahorgacha ichki turnirlarda barchasini hal qilib qo‘yadigan «PSJ» bu safar «Lion» va «Lill»ning raqobatiga uchradi. Pochettinoning sovrin yuta olmasligi haqida hazillashadiganlar bu an'ana Fransiyada ham davom etishi mumkinligini yoza boshlashgandi. Ammo «Lill» so‘nggi turlarda beqaror o‘ynay boshladi, 6 o‘yinning 4 tasida g‘alaba qozona olmadi. Natijada «PSJ» to‘plar nisbatiga ko‘ra, Liga 1 peshqadamiga aylanib oldi. Lekin ushbu o‘yindagi g‘alaba «Lill»ni chempionlik uchun haqiqiy favoritga aylantirishi mumkin. Sababi, kelasi haftada «PSJ» uchun Chempionlar ligasi boshlanadi, bu esa tabiiyki, liga o‘yinlariga o‘z ta'sirini o‘tkazadi. Jumladan, mana shu kelayotgan chorshanba kuni «PSJ»ni «Bavariya»ga qarshi qiyin safar kutib turibdi. G‘alaba «Lill» uchun u qadar amalga oshirib bo‘lmas ish ham emas, zero ikki yil oldin aprelda aynan «Lill» parijliklar ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Bu mavsumdagi birinchi davradagi o‘yinda esa hisob ochilmagandi.
Jamoalar o‘rtasidagi oxirgi o‘yin esa yaqindagina, 17 mart kuni Parijda bo‘lib o‘tgandi. Fransiya kubogi uchun bahsda «PSJ» Ikardi va Mbappening gollari evaziga 3:0 hisobida ustun kelgandi. Kutilayotgan o‘yinda Ikardi hamda Veratti, Bernat, Sarabiya kabi futbolchilar jarohat tufayli mezbonlarga yordam bera olishmaydi.
Italiya A Seriyasi. 29-tur.
3 aprel (shanba)
TORINO – YuVeNTUS
O‘yin boshlanish vaqti: 21:00
TV-translatsiya: «Futbol TV»
So‘nggi turda «Yuventus» o‘z maydonida «Bonavento»ga yutqazib qo‘ydi va endi peshqadam «Inter» bilan oradagi farq 10 ochkoga yetdi. Konte jamoasining deyarli ochko yo‘qotmayotganini e'tiborga olsak, «Yuventus» uchun chempionlik poygasi deyarli nihoyasiga yetdi. Lekin bundan ham badtar bo‘lishi mumkin, chunki turnir jadvalida shunday holatki, birgina mag‘lubiyat Pirlo jamoasini kuchli to‘rtlikdan ham chiqarib yuborishi hech gap emas. Aytish mumkinki, so‘nggi o‘n yilda birinchi marta «Yuventus» bahorda mana shunday qiyinchilikka duch kelmoqda.
«Torino» esa o‘z maqsadlari yo‘lida bor imkoniyatini ishga solishi lozim. Jamoa hozirda xavfli zonada atigi 1 ochko masofada turibdi xolos. Xullas, bu uchrashuv derbi ekanidan tashqari ham, juda ahamiyatli maqomda turibdi. «Torino» mezbon bo‘lgan so‘nggi 5 derbi «Yuventus»ning g‘alabasi bilan tugagan, oxirgi 3 tasida esa mehmonlar bir xil – 1:0 hisobida ustun kelgan.
APL. 30-tur.
3 aprel (shanba)
LeSTeR – MANCheSTeR SITI
O‘yin boshlanish vaqti: 21:30
TV-translatsiya: «UzReport TV»
Pep Gvardiola futbol olamidagi eng maksimalist inson ekanini yaxshi bilsak-da, ushbu o‘yinda manchesterliklardan ko‘ra, «Lester»ga g‘alaba ko‘proq zarurligini e'tirof etish kerak. «Siti» oxirgi turda derbida mag‘lub bo‘lib, g‘alabali seriyasiga barham bergan bo‘lsa-da, orada yetarlicha farq bor va chempionlik vaqt masalasi xolos. Buning ustiga, kelasi haftada «Manchester Siti»ni Dortmundga qarshi YeChL o‘yini kutib turibdi. Gvardiola bu omilni hisobga olib, tarkibda bir qator rotatsiyalar amalga oshirishi ham hech gap emas.
Rojyers esa o‘tgan yilgi xatoni takrorlamaslik, ya'ni mavsum oxirida yaxshi pozitsiyani boy bermaslik uchun bor imkoniyatini ishga soladi. «Lester» hozircha ishonchli tarzda kuchli uchlikdan joy olib turgan bo‘lsa-da, ortda «Chelsi» ishonch bilan ta'qib qilmoqda, shuningdek, «Tottenhem», «Vest Hem», «Everton» va hatto «Liverpul»ni ham unutmaslik kerak. Angliyada bir on bo‘lsa-da, bo‘shashishga imkon yo‘q. Bundan tashqari, mezbonlar safida jarohatlangan futbolchilar bor va ularning aksariyati mavsum davomida muhim ijrochilar – Jastin, Barns, shuningdek, bir oydan ko‘proq vaqtdan beri safdan tashqarida bo‘lgan Meddisonning qay darajada tayyor ekani ham ma'lum emas.
«Lester» Gvardiola jamoasi uchun o‘ziga yarasha noqulay raqib hisoblanadi. Xususan, birinchi davradagi o‘yinda ham, esingizda bo‘lsa, 5:2 hisobida Rojyers shogirdlari ustun kelgandilar. Shu bilan birga «Lester»ning o‘yin uslubi qaysidir jihatdan YeChLdagi bo‘lajak raqib dortmundliklarga o‘xshab ham ketadi. Gvardiola buni ham e'tiborga olishi va taktik jihatdan qandaydir yangilikka qo‘l urishi ham mumkin.
Germaniya Bundesligasi. 27-tur.
3 aprel (shanba)
LeYPsIG – BAVARIYa
O‘yin boshlanish vaqti: 21:30
TV-translatsiya: «Sport»
O‘yin mazmunan Fransiya chempionatidagi markaziy uchrashuvga ham o‘xshash. Xuddi «PSJ» kabi «Bavariya» ham milliy chempionatdagi masalani to‘liq hal qilmagan, raqib esa asosiy raqobatchi – «Leypsig». To‘g‘ri, orada 4 ochkolik farq bor, ya'ni, «redbulchilar» g‘alaba qozongan taqdirda ham, peshqadamga aylanib olishmaydi, lekin chempionlik poygasi qay tariqa va qachongacha davom etishi haqidagi savollarga aynan shu to‘qnashuv javob beradi.
Raqiblarning Bundesligadagi so‘nggi o‘yinlari ham bugungi o‘yin ancha shiddatli o‘tishidan darak – oxirgi 4 o‘yin durang bilan tugagan. Birinchi davradagi uchrashuv esa gollar shousiga aylanib ketgandi – 3:3.
Faqat, har ikki tomon tarkibidagi bir qator jarohatlar, ularning yetakchi futbolchilar ekani o‘yinga soya solishi mumkin. Ayniqsa, Robert Levandovskining bir oy muddatga safdan chiqqani mehmonlar uchun katta yo‘qotish. Mezbonlar safida esa Anxelinoning yo‘qligini alohida ta'kidlash kerak. Shuningdek, Kamplt «Arminiya»ga qarshi o‘yinda sarik kartochka olib, diskvalifikatsiyaga uchragan. Balkim, murabbiylar ixtiyorida kerakli futbolchilarning yo‘qligi, aksincha, ularning qandaydir taktik qoliplardan chiqarib, uchrashuvning yanada ochiqroq va qiziqarliroq o‘tishini ta'minlar...
APL. 30-tur.
3 aprel (shanba)
ARSeNAL – LIVeRPUL
O‘yin boshlanish vaqti: 23:55
TV-translatsiya: «Futbol TV»
«Liverpul» «Arsenal»ga qarshi oxirgi 4 safar o‘yinida g‘alaba qozona olmagan bo‘lsa-da, aynan hozirgi kunlarda uchrashuvning «Enfild»da bo‘lmayotgani ko‘proq Klopp jamoasi va uning muxlislariga umid baxsh etayotgan bo‘lsa kerak. Zero «Liverpul» oxirgi 7 g‘alabasini Liverpuldan tashqarida nishonladi, o‘z maydonida esa oxirgi marta o‘tgan yilning dekabrida uch ochkoga ega bo‘lgandi. Balki milliy jamoalar bilan bog‘liq tanaffus nihoyat «Liverpul»ning bu noxush an'anasiga chek qo‘yishda bahona bo‘lar?
Aslida agar g‘alabadan boshqasi qoniqtirmaydigan payt uchun «Arsenal» ancha noqulay raqib. Londonliklar ayniqsa Arteta qo‘l ostida ikkinchi raqamda o‘ynashni ancha yaxshi o‘zlashtirib olishgan. Buning ustiga oxirgi London derbilaridagi iroda ham «Arsenal»ga qanot bo‘lishi hech gap emas. «Arsenal» «Tottenhem» ustidan irodali g‘alabaga erishgan bo‘lsa, «Vest Hem» bilan o‘yinda 0:3dan qutulib qoldi. Gol urishda qiynalayotgan «Liverpul» uchun «to‘pchilar» yetarlicha sinov bo‘lishlari turgan gap.
Tarkiblarga kelsak, mezbonlarda Luiz yo‘q, shuningdek, Smit Rou va Jakalarning maydonga tushishlari so‘roq ostida qolmoqda. «Liverpul» bu borada yaxshiroq ahvolda, biz bilgan uzoq muddatli jarohatlardan tashqari, ortiqcha yo‘qotishlar yo‘q. So‘nggi o‘yinlardan kelib chiqsak, Firminoning o‘rniga Jotaning tushishi yoki Fabinoning maydon markaziga qaytishi kutilyapti.
Shu bilan birga Klopp jamoasi uch kun o‘tib, Madridga safar qilishlarini ham unutmaslik kerak. Nima bo‘lgandayam, Chempionlar ligasi «Liverpul»ga mavsumni qutqarib olish imkoniyatini beradigan oxirgi turnir.
Ispaniya kubogi. Final.
3 aprel (shanba)
ATLeTIK – ReAL SOSeDAD
O‘yin boshlanish vaqti: 00:30
TV-translatsiya: «Match TV»
Qiziq holat, «Atletik» yanvarda «Barselona» ustidan g‘alaba qozonib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritib bo‘lgan, lekin o‘sha superkubokda qatnashish imkoniyatini taqdim etgan turnir endi yakunlanadi. Pandemiya tufayli o‘tgan mavsumdagi Qirollik kubogi finali kechiktirilib, bugunga belgilangan edi. Yanayam qizig‘i, ikki hafta o‘tib, «Atletik» yana bir finalda – aynan shu turnirning 2020/21 mavsumi g‘olibini aniqlash uchun ham maydonga tushadi. 18 aprel kuni bilbaoliklar «Barselona» bilan to‘qnash keladilar. Xullas, bu yili bir sovrinni yutib bo‘lgan «Atletik» yana ikki kubokni boshi uzra ko‘tarishi mumkin.
«Sosedad» uchun ham bu o‘yinning ahamiyati juda katta. Klub oxirgi marta bundan 34 yil oldin Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan va bu sovrin sosedadliklar uchun oxirgisi bo‘lib turibdi. Juda ko‘p taniqli futbolchilar to‘p surgan va ayniqsa, so‘nggi yillarda ancha barqaror natijalar qayd etayotgan jamoa uchun Ispaniya kubogi sovrini juda ajoyib mukofot bo‘lar edi.
Bundan tashqari, har ikki klub ham Baskoniyadan, ya'ni ham final, ham derbi. Shiddat va qiziqarlilik borasida bu qarama-qarshilik Andalusiya va hatto Madrid derbisini ham ortda qoldiradi.
Germaniya Bundesligasi. 27-tur.
4 aprel (yakshanba)
UNION – HeRTA
O‘yin boshlanish vaqti: 21:00
TV-translatsiya: «Sport»
2013 yilning fevralida ikkinchi Bundesliga doirasida bo‘lib o‘tgan Berlin derbisini 75 mingga yaqin tomoshabin stadiondan kuzatgan va bu turnirning rekordiga aylangandi. Umuman Berlin derbisi Germaniyaning o‘ziga xos, tarixiy to‘qnashuvlaridan biridir. Qizig‘i, 90-yillargacha, ya'ni Germaniya birlashuvidan avval «Herta» g‘arbiy Germaniyani, «Union» esa sharqni tamsil etardi. «Union»ning qiziq tarixi bor. GDRda Berlinning «Dinamo» klubi ko‘proq hukumat tomonidan quvvatlanar, jumladan, 80-yillarda o‘n marotaba mamlakat chempioni bo‘lgandi. «Union» esa Berlin derbisida «Dinamo»ga qarshilik qilgani uchun ko‘proq, hukumatga qarshi kayfiyatdagilarning sevimli jamoasiga aylanib qolgandi. Balki shuning uchun ham, birlashuvdan so‘ng, aynan «Union» Berlinda ko‘proq hurmat qozonadi va «Herta» bilan derbi maqomidagi bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.
«Union»ning Bundesligaga qaytishi Berlin derbisini ham futbolga qaytardi. So‘nggi yillarda «Herta» kuchli hisoblanib kelgan bo‘lsa-da, ushbu mavsumda vaziyat o‘zgardi – «Union» yevrokubok o‘rinlari uchun kurashayotgan bo‘lsa, «Herta»ning ahvoli og‘ir. Pal Dardai shogirdlari xavfli zonadan atigi 1 ochko masofada, 14-o‘rinda bormoqdalar.
Ham tarixiyligi, ham turnir jadvalidagi holat bo‘yicha, albatta, o‘ziga yarasha e'tiborga arzigulik o‘yin.
Germaniya Bundesligasi. 27-tur.
4 aprel (yakshanba)
SeVILYa – ATLeTIKO
O‘yin boshlanish vaqti: 23:55
TV-translatsiya: «Futbol TV» / «UzReportTV»
Kutilmaganda chempionlik kurashida imkoniyatga ega bo‘lib qolgan «Real» va «Barselona» muxlislari birgalikda bor umid bilan «Sevilya»ga muxlislik qilishsa, ajab emas. Ikki xonali sonlar atigi 4 ochkoga aylandi va yana bir qoqilish ro‘y bersa, «Barselona» bir o‘yin masofasiga kelib qoladi. Hali «Kamp Nou»da o‘zaro uchrashuv kutib turgani, 15 o‘yindan beri, yutqazmay kelayotgan, prezidentlik saylovlaridan so‘ng ancha ijobiy kayfiyatga kirib qolgan «Barselona»ning shashtidan kelib chiqsak, «Atletiko»da bosim katta. Simeone shogirdlarini Andalusiyada ikki safar o‘yini kutib turibdi. Imkon boricha «Sevilya» va «Betis»ga qarshi o‘yinlarda g‘alaba qozonish shart.
«Sevilya» 10 ochkolik farq bilan 4-o‘ringa mustahkam joylashib olgan bo‘lsa-da, butun dunyo kuzatib turgan o‘yinda chempionat masalasini hal qilishga qiziqadi, albatta. Ayniqsa, «Atletiko»ga qarshi 6 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriya ham Lopategi jamoasiga qo‘shimcha motivatsiya bersa ajab emas.
Chempionlar Ligasida «Chelsi»ga deyarli qarshilik ko‘rsata olmagan va La Ligada deyarli yutilgan sovrinni xavf ostida qoldirgan jamoaning ruhiyati bilan Simeone jiddiy shug‘ullanishga majbur. Sevilyadagi mag‘lubiyat bu vazifani ancha osonlashtiradi.
Boshqa o‘yinlar:
3 aprel (shanba)
MILAN – Sampdoriya (15:30), CheLSI – Vest Bromvich (16:30), JYeNOA – Fiorentina (18:00), LATsIO – Benevento (18:00), ReAL – Eybar (19:15), Bolonya – INTeR (23:55).
4 aprel (yakshanba)
Nyukasl – TOTTeNHEM (18:05), MYu – Brayton (23:30)
5 aprel (dushanba)
BARSeLONA – Valyadolid (23:55) .
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
Jamiyat | 19:35
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
Mavzuga oid

17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi

23:12 / 27.04.2025
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi

13:53 / 29.08.2024