O‘rta Yer dengizida 130 nafar muhojir bedarak yo‘qoldi

O‘rta Yer dengizida bortida taxminan 130 nafar noqonuniy muhojir bo‘lgan 3ta qayiq yo‘qolib qoldi. Taxminlarga ko‘ra, qayiqlar cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda SOS Mediterranee insonparvarlik tashkiloti ma'lum qildi.
Tashkilot Liviya sohillari yaqinida falokatga uchragan 3ta qayiq haqida xabar olgan. Ularni qidirishga SOS Mediterrane’ga tegishli Ocean Viking va yana 3ta savdo kemasi jo‘nagan. Biroq ularga voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishda yomon ob-havo sharoiti va 6 metr balandlikdagi to‘lqinlar xalaqit qilgan.
«Biz bugun voqea joyiga yetib kelganimizda birorta omon qolgan odamni topolmadik», — deb ma'lum qilingan tashkilot xabarida.
SOS Mediterrane’ning ta'kidlashicha, bu vaziyatda birorta ham mas'ul dengiz tashkiloti yordam ko‘rsatmagan.
Afrika va Yaqin Sharqdan noqonuniy muhojirlar O‘rta Yer dengizi orqali Yevropaga qochishga urinib kelishadi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
Jamiyat | 19:35
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
Mavzuga oid

00:31 / 14.02.2025
AQShning atom aviatashuvchisi savdo kemasi bilan to‘qnashib ketdi

12:02 / 18.06.2024
O‘rta Yer dengizidagi kemalardan birida 10 kishining jasadi topildi

10:53 / 23.10.2023
AQSh Sharqiy O‘rta Yer dengiziga RQM va HHM tizimlarini yubormoqda

13:20 / 30.09.2023