Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyat hokimi o‘rinbosari boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Qirg‘izistonning Norin viloyatiga tashrif buyurdi

Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Iqboljon Ergashev boshchiligidagi delegatsiya turli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Qirg‘izistonning Norin viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Quva tumani hokimi Halimjon Umarov, “Qo‘qon” EIZ rahbari Farrux Rahmonov, viloyat hokimligi mutasaddilari va tuman hokimlari o‘rinbosarlari, ishbilarmonlar hamda oliy ta'lim muassasalari rahbarlari, san'atkorlar, OAV vakillaridan iborat Farg‘ona viloyati delegatsiyasini Norin viloyati gubernatori Sobirqul Ashimbayev boshchiligidagi rasmiylar kutib olgan.
Viloyat vakillari tashrifni Norin viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishishdan boshlagan.
Norin shahridagi “Xan Tengri” mehmonxonasi konferensiyalar zalida Farg‘ona va Norin viloyatlari rasmiylari hamda ishbilarmon doiralari ishtirokidagi biznes-forum ochilgan.
Forum davomida Farg‘ona viloyatining iqtisodiy-investitsion salohiyati yuzasidan taqdimot o‘tkazilishi, “Qo‘qon” EIZ, viloyat oliy ta'lim muassasalari faoliyati haqida batafsil ma'lumot taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Forum doirasida viloyatda faoliyat olib borayotgan paxtachilik klasterlari ham o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z takliflarini norinliklar e'tiboriga havola etadi.
Mavzuga oid

08:30
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

21:03 / 18.07.2025
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

19:04 / 18.07.2025
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

09:22 / 18.07.2025