Xorazmda er sobiq xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Xorazm viloyati, Xonqa tumanida mudhish qotillik yuz berdi.
Urganch tumani, Nurafshon mahallasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan erkak 4 iyul kuni tunda Xonqa tumani, Istiqlol mahallasiga, 1992 yilda tug‘ilgan sobiq turmush o‘rtog‘ining yashash uyiga borgan.
U uy eshigining qulflanmaganidan foydalanib, ichkariga kirgan va hovlida uxlab yotgan sobiq turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismiga o‘zi bilan olib borgan oshxona pichog‘ini bir necha marta sanchgan.
Shovqinga hovlida uxlab yotgan qaynonasi uyg‘onib ketgan. Shunda erkak qo‘lidagi pichog‘ini uning ko‘kragi oldi va orqa qismiga sanchgan.
Mudhish hodisa oqibatida erkakning sobiq turmush o‘rtog‘i voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan, qaynonasi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Mavzuga oid

21:27 / 14.06.2025
AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

00:21 / 07.06.2025
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

07:53 / 30.05.2025