Gretsiya 35 yil ichidagi eng kuchli jazirama ob-havoga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Qator qo‘shni davlatlar ham jazirama ob-havoga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Serbiya, Bolgariya, Bosniya va Hersegovina hukumatlari aholiga kunduz kunlari ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi.

Gretsiyada anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda, mamlakatning aksariyat hududida harorat 42 darajagacha yetdi, deb xabar berdi Gretsiya OAV.
Meteorologlar dam olish kunlari Gretsiyada o‘ta yuqori harorat kuzatilishini aytmoqda. Qayd etilishicha, havo harorati 45 darajaga yetishi mumkin.
EFE agentligi bu Gretsiyada oxirgi 35 yildagi eng yuqori harorat bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.
Qator qo‘shni davlatlar ham jazirama ob-havoga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Serbiya, Bolgariya, Bosniya va Hersegovina hukumatlari aholiga kunduz kunlari ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi. Shimoliy Makedoniyada yoshi oltmishdan oshgan shaxslar va homiladorlar ishdan ozod qilindi.
Mavzuga oid

22:10 / 05.06.2025
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi

20:03 / 30.05.2025
Issiq havo qaytadi, ba’zi hududlarga sel keladi - kutilayotgan ob-havo tahlili

17:01 / 30.05.2025
Gretsiyada birinchi marta robotlar olimpiadasi o‘tkaziladi

22:27 / 22.05.2025