Doktoranturada o‘qish uchun hujjatlarni qabul qilish qachon boshlanishi aytildi
Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlariga doktorantura va tayanch doktoranturada o‘qish uchun hujjatlarni qabul qilish qachon boshlanishi ma'lum bo‘ldi.

AOKAda Fanlar akademiyasi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha mas'ul xodimi Jahongir Tolibjonov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda kelib tushgan murojaatlar yuzasidan ma'lumot berildi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'limdan keyingi ta'lim to‘g‘risidagi nizom”ning 15-bandiga muvofiq:
ilmiy tashkilot va ta'lim muassasalar har yili 1 sentyabrdan kechikmasdan ommaviy axborot vositalarida qabul kvotalariga muvofiq hujjatlarni qabul qilish muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlar, topshiriladigan imtihonlar ro‘yxatini va qabul kvotasi miqdorini ko‘rsatgan holda tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish to‘g‘risida e'lon beradi.
Bildirilishicha, hujjatlar ilmiy tashkilot va ta'lim muassasalari qabul komissiyasi tomonidan 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo‘lgan davrda yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi.
Mavzuga oid

12:52 / 05.06.2025
Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

08:49 / 04.06.2025
Prezident maktablariga qabul jarayoni rasman boshlandi

10:23 / 03.06.2025
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilar hujjatlarini qabul qilish boshlandi

12:03 / 27.02.2025