Xatirchilik fermerlarga suv berildi

Kun.uz Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Oq oltin mahallasi hududida joylashgan ayrim fermerlar ekin dalalariga o‘z vaqtida suv berilmayotganligidan norozi ekanligi, qariyb 100 ga ekin maydonidagi g‘o‘za suvsizlikdan nobud bo‘layotgani haqida maqola e'lon qilgandi. Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining maqolaga munosabatida fermerlarga suv berilganini bildirdi.
Ta'kidlanishicha, maqolada keltirilgan holatlar Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va Xatirchi tumani irrigatsiya bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga borib o‘rganilgan.
Xatirchi tumani irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i Navro‘z Mirzayevga ko‘ra, Oq oltin hududidagi 9 ta fermer xo‘jaligining ekin maydonlari Tos kanalidan suv oluvchi “Oq oltin” nasosiga bog‘langan. Ushbu fermer xo‘jaliklarining ekin maydonlari tasdiqlangan limit bo‘yicha navbat asosida iyun va iyul oylarida ikki marta sug‘orilgan.
“1 avgustdan boshlab, hududdagi fermer xo‘jaliklari o‘zlarining ekin maydonlarini navbat asosida uchinchi marta sug‘orishni boshlagan. Nomlari keltirib o‘tilgan “Mirabbos Mirjalol”, “Hasan-Husan botirlar”, “Shaxriyor lochin”, “Toshtemir Shuhrat”, “Shoxsuvor” fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlari 5 avgust holatiga deyarli sug‘orib bo‘lingan. Mutaxassislar fermerlar bilan suhbatlashib, ularga bu yil suv tanqis ekanligini, shu bois tumanning barcha iste'molchilariga navbat bilan yetkazib berilayotganligini tushuntirdilar”, — deyiladi boshqarma munosabatida.
Mavzuga oid

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi

13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda

18:28 / 01.05.2025