YeI “Tolibon”ni tan olmasligini ma'lum qildi
15 avgust kuni “Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi.

Yevroittifoq “Tolibon” harakati bilan texnik muloqot olib bormoqda, ammo siyosiy muzokaralar olib bormayapti va uni tan olmoqchi emas. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ma'lum qildi.
“Yevroittifoq “Tolibon” bilan operativ muloqot olib bormoqda, bu odamlarni qutqarish uchun zarur. Ammo hech qanday siyosiy muzokaralar yoki tan olish haqida gap bormayapti”, – dedi u.
15 avgust kuni “Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi. Prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi.
“Tolibon” Turkiya va Xitoy bilan hamkorlik qilish niyatida ekanligini bildirdi.
Mavzuga oid

21:14 / 06.06.2025
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi

15:39 / 05.06.2025
AQSh va YeI bojlar bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqda

11:25 / 03.06.2025
YeI va AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi

15:08 / 01.06.2025