AQSh va YeI bojlar bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqda
AQSh tariflari bo‘yicha muzokaralar «tezda to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda» - Marosh Shefchovich.

Foto: Global Look Press/Sergey Elagin
AQSh bilan tariflar bo‘yicha muzokaralar «to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda», dedi Yevropa Ittifoqining savdo komissari Marosh Shefchovich.
U Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vazirlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan Parijdagi AQSh savdo vakili bilan uchrashuvdan so‘ng ijtimoiy tarmoqda: «AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan samarali va konstruktiv uchrashuv o‘tkazdik», deb yozdi.
Shefchovich tarif masalasi bo‘yicha muzokaralarda erishilgan sur’atni saqlab qolish uchun tomonlar yaqin aloqada bo‘lishini ta’kidladi.
Avvalroq, 23 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp YeI bilan savdo muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ma’lum qilgan va 1 iyundan Yevropa importiga to‘g‘ridan to‘g‘ri 50 foizlik boj joriy etishni taklif qilgan edi.
Ushbu bayonotlardan so‘ng Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatdan so‘ng Amerika tomoni Yevropa Ittifoqi mahsulotlariga 50 foizlik boj joriy etish 2025 yil 9 iyulgacha qoldirilishini ma’lum qildi. Yevropa Ittifoqi bunga javoban AQSh bilan savdo kelishuvi bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishini bildirdi.
Bir kun avval Tramp po‘lat va alyuminiy importiga bojlarni 25 foizdan 50 foizga oshirish to‘g‘risidagi farmonni ham imzoladi. Yangi majburiyatlar 4 iyun, chorshanba kunidan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

22:08
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi

21:14
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi

19:40
Tramp Germaniyaga Rossiya gazi o‘rniga amerikanikini taklif qildi

18:58