Rossiya Markaziy Osiyoda AQSh qo‘shinlari joylashtirilishiga qarshi chiqdi
Lavrov Markaziy Osiyo davlatlari hududida AQSh qo‘shinlari va qurollarining joylashtirilishi bu davlatlarni «nishon»ga aylantirishini aytdi.

Foto: Reuters
Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari hududida AQSh harbiy kuchlari joylashtirilishini istamaydi va bunga qarshi chiqadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Afg‘oniston bilan qo‘shni bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlarida qo‘shinlarini joylashtirishni istagan. Uning aytishicha, bu AQShga zarur hollarda bu mamlakatlar hududidan Afg‘onistonga zarbalar berish imkoniyatini taqdim etishi mumkin edi.
Sergey Lavrov Markaziy Osiyo davlatlari hududida AQSh qo‘shinlari va qurollarining joylashtirilishi bu davlatlarni «nishon»ga aylantirishini aytdi. Uning izoh berishicha, AQSh ma'muriyati «Afg‘onistonni nishon ostida ushlab turishni va zaruriyat tug‘ilganida bomba yog‘dirishni maqsad qilgan».
Diplomatning ta'kidlashicha, KXShT mamlakatlarida umumiy xavfsizlik makoni va ma'lum majburiyatlar bor.
«Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotida o‘z hududlarida xorij kuchlarini joylashtirish masalasida barcha ittifoqchilarning rozilik berishi kerakligi ko‘zda tutilgan», — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Mavzuga oid

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi

19:30 / 07.06.2025