Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda qariyb 100 kilogramm giyohvandlik moddalarini O‘zbekistonga olib kirayotgan haydovchi ushlandi
Surxondaryo viloyatidagi «Sariosiyo» chegara postida qariyb 100 kilogramm giyohvandlik moddalarini O‘zbekistonga olib kirayotgan yuk mashinasi haydovchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 25 avgust kuni soat 3:30 larda Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasiga qarashli «Sariosiyo» chegara bojxona postiga qo‘shni davlat fuqarosi boshqaruvidagi Mersedes-Benz rusumli yuk mashinasi kirib kelgan.
Mazkur yuk mashinasiga ortilgan yuk tegishli tartibda ko‘zdan kechirilganda haydovchi unga 20 tonna og‘irlikdagi ip-kalava yuklanganini ma'lum qilib, bu haqdagi hujjatlarni taqdim etgan.
Bojxona xodimlari tomonidan yuk mashinasining tirkamasi xizmat iti ko‘magida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida uning old tomoni pastki qismiga 93 dona polietilen o‘ramlar yashirilgani aniqlangan.
Polietilen o‘ramlar ochib ko‘rilganida 82 ta o‘ramga 85 kilogramm 505 gramm og‘irlikdagi geroin hamda 11 dona o‘ramga 11 kilogramm 425 gramm og‘irlikdagi gashish giyohvandlik moddalari joylangani ma'lum bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lumot berishicha, bojxonachilar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi turli idoralar bilan hamkorlikda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 300 dan ortiq qonunbuzarlik holatlarida og‘irligi 260 kilogrammdan ziyod giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.
Mavzuga oid

09:48 / 06.08.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara hududlari infratuzilmasi rivojlantiriladi

19:45 / 02.08.2025
Qirg‘iziston chegara o‘tkazish punktlarida qisqa muddatli navbatlar yuzaga kelishi mumkin

14:31 / 01.08.2025
Rossiyaga qimmatbaho buyumlarni noqonuniy tarzda olib chiqib ketayotgan shaxs ushlandi

12:33 / 01.08.2025