Surxondaryoda mast holda mashina boshqarib Lasetti bilan YPX xodimlarini sudrab ketgan haydovchiga chora ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida mast holda mashina boshqarib Lasetti bilan YPX xodimlarini sudrab ketgan haydovchiga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 19 sentabr kuni soat taxminan 21:25larda Qumqo‘rg‘on tumani Surxon sohili mahallasida tungi xizmatga jalb etilgan viloyat IIB YHXB YPXO 4-safarbar guruh inspektorlari aniq ma'lumotlarga tayanib mast holda boshqarib kelinayotgan «Lasetti» mashinasiga haydovchining holatini aniqlash uchun to‘xtash ishorasini berishgan.
Ammo haydovchi inspektorlarning qonuniy talabini bajarmay qochib ketishga uringan. Oldindan ko‘rilgan xavfsizlik choralari sababli Lasetti to‘xtatilgan. Qumqo‘rg‘on tumani Bobolochin mahallasida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi T.Sh. mashinadan tushirilgan va holatini aniqlash maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
O‘tkazilgan tibbiy tekshiruv xulosasiga ko‘ra, haydovchi T.Sh. alkogol ta'sirida mast ekani tasdiqlangan.
Shundan so‘ng haydovchiga nisbatan MJtKning 131-moddasi bilan UZ-20 01-312907 raqamli bayonnoma rasmiylashtirilib, «Lasetti» vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. Hozirda haydovchining sodir etgan huquqbuzarligiga oid materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudiga yuborilgan.
Mavzuga oid

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi

08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi

18:39 / 16.05.2025