Tesla 2021 yilning III choragida 241 300 ta elektromobil sotdi. Bu – rekord
Bu yil boshidan buyon sotilgan mashinalarning 66 foizi demakdir.

Foto: AP
Kompaniya 2021 yilning III choragidagi avtomobillar savdosi bo‘yicha to‘liq hisobotni e'lon qilganicha yo‘q. Lekin ushbu hisobotdan o‘rin olgan eng muhim raqamlar allaqachon ma'lum. So‘nggi uch oy davomida – iyundan sentyabrning oxirigacha 241 300 ta elektromobil sotilgan. Bu rekord avtomobil bozoridagi chiplar tanqisligi tufayli dunyo bo‘ylab savdo pasayib ketgan vaqtda qayd etilgani ayniqsa ahamiyatli.
Taqqoslash uchun, Tesla yil boshidan buyon 367 500 dona elektromobil sotgan bo‘lsa, shuning 66 foizi bitta chorakka to‘g‘ri kelmoqda. Ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan an'anaviy avtomobillar ishlab chiqaradigan kompaniyalar, xususan, General Motors uchinchi chorakda 446 997 dona avtomobil sotgan. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33 foizga kamaygan. Tesla’ning ishlab chiqarish qamrovi, omborlari, dilerlari, xizmatchilari va boshqa ruserslarini General Motors’niki bilan solishtirib bo‘lmaydi.
Avtomobil bozoridagi beqaror davrda Tesla’ning o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga tez moslasha olgani sababli elektromobil savdosida keskin o‘sish kuzatildi. Chiplar tanqisligi boshlanishi bilan Tesla zudlik bilan boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan ishlay boshladi va ularning mahsuloti avvalgi chiplar bilan bir xilda ishlashi uchun dasturiy ta'minotini yangiladi.
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’ul xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jamiyat | 15:27
-
«Tramp aralashmaguncha bizda muammo yo‘q edi». Kaliforniya gubernatori Los-Anjyelesdan harbiylarni chaqirib olishni talab qildi
Jahon | 15:20
-
O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi
O‘zbekiston | 15:15
Mavzuga oid

22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi

18:36 / 26.05.2025
Yangi avtopilot Tesla avtomobilini ag‘dardi

00:53 / 21.05.2025
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi

22:14 / 13.05.2025