Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati hokimi viloyat IIBBga 3 milliard so‘m ajratdi
Toshkent viloyati hokimining “Profilaktika inspektorlari va patrul post xizmati shtat birliklarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Viloyat mahalliy budjetining 2021 yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida Toshkent viloyatiga qo‘shimcha ajratilgan profilaktika inspektorlari va patrul post xizmati shtat birliklarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash uchun viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasiga 3 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi mablag‘ ajratish bo‘yicha tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta'minlashi belgilandi.
Viloyat g‘aznachilik boshqarmasi ajratilgan mablag‘ni belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta'minlaydi. Viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi ajratilgan mablag‘ni qonunchilikda belgilangan tartibda maqsadli sarflanishini ta'minlaydi.
Viloyat davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatadi. Farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari M.Fayziyev zimmasiga yuklangan.
Mavzuga oid

14:25 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi

13:45 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi

15:28 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi

12:37 / 15.07.2025