Manba: Navoiy viloyati hokimi ishdan olingan
Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov vazifasidan ozod etilgan. Ushbu lavozimni Xalq banki boshqaruvi raisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Atabayev egallashi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz
Bugun xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqiladi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, sessiyada Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Qobul Tursunov vazifasidan ozod qilinishi va uning o‘rniga Xalq banki boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Atabayev yangi hokim etib tasdiqlanishi kutilmoqda.
Qobul Tursunovning lavozimdan olinish sababi hozircha ma'lum emas. U 2016 yil 25 dekabrdan beri Navoiy viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.
Oldinroq Argos.uz portalida O‘zbekistondagi barcha hokimlarning faoliyati samaradorligini aks ettiruvchi reyting natijalari e'lon qilinib, unda viloyatlar bo‘yicha aynan Navoiy viloyati eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgandi.
Mavzuga oid

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda

18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi

16:51 / 02.04.2025