Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga 500 million dollar beg‘araz yordam bermoqchi

Foto: Huang Jingwen / globallookpress.com
Xitoy yaqin uch yil ichida Markaziy Osiyo davlatlariga 500 million dollar miqdorida beg‘araz yordam hamda turli soha xodimlari malaka oshirishi uchun 5 ming kishilik kvota ajratadi. Bu haqda XXR raisi Si Jinping «Markaziy Osiyo – Xitoy» sammitidagi nutqida aytib o‘tgan.
«Yaqin 3 yilda Markaziy Osiyo davlatlariga ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun 500 million AQSh dollari miqdorida beg‘araz yordam hamda sog‘liqni saqlash, qashshoqlikni qisqartirish va qishloq joylarda aholi farovonligini oshirish, axborot texnologiyalarni rivojlantirish uchun 5 ming kishilik kvotalar ajratilishini e’lon qilaman», degan Xitoy raisi.
Eslatib o‘tamiz, bugun 25 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping tashabbusi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda, shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham qatnashdi.
Mavzuga oid

13:42
O‘zbekistonning barqarorlik va hamkorlikni ta’minlashdagi faol va konstruktiv pozitsiyasi e’tirof etilmoqda

12:12 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyev mintaqa davlatlari rahbarlari uchrashuviga tayyorgarlikka doir tadbirda qatnashdi

18:10 / 02.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

16:30 / 02.08.2025