Asaka tumanida maktab direktori pora bilan ushlandi

Foto: iStock
Asaka tumanidagi maktab direktorlaridan biri o‘zi rahbarlik qilayotgan muassasaga ishga olish evaziga 300 AQSh dollari olayotganda qo‘lga olingan. Bu xabarni Kun.uz'ning bir nechta manbasi tasdiqladi.
Mazkur holat 4 fevral kuni sodir bo‘lgan. Tumandagi maktablardan birining rahbari bo‘lib ishlayotgan N.U. fuqarodan mavsumiy o‘t yoquvchi qilib ishga olish evaziga oldindan kelishgan 300 AQSh dollarini olgan paytda qo‘lga olingan.
Ushbu ta’lim muassasasining oldingi rahbari ham ishga joylash evaziga pora olayotganda qo‘lga olingan va javobgarlikka tortilgan edi.
Avvalroq, Asaka tumani hokimligi mas’uli 8 ming dollar pora bilan qo‘lga olingan edi.
Mavzuga oid

08:27 / 16.06.2025
Soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakati fosh qilindi

15:27 / 09.06.2025
Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’ul xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

20:04 / 22.05.2025