Chovusho‘g‘li Lavrov va Kuleba uchrashuvidan "mo‘jiza kutmaslik" kerakligini aytdi
Turkiya tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi murakkab vaziyatda o‘tgan.

Foto: AP
Turkiya Antalyada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan tezkor natija kutmaslikka chaqiradi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li ma’lum qildi.
"Bu uchrashuvdan mo‘jiza kutishning keragi yo‘q, ammo muhimi, ushbu darajadagi muloqotlar boshlandi. Bu vazirlar darajasidagi dastlabki muzokara", - dedi u.
Chovusho‘g‘li oxir-oqibat bu muloqot Rossiya va Ukraina rahbarlari darajasidagi uchrashuvga aylanishini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi murakkab vaziyatda o‘tdi.
"Uchrashuv murakkab vaziyatda bo‘lib o‘tdi, ammo Rossiya va Ukraina o‘rtasida hech qanday keskinlik bo‘lmadi", - dedi Chovusho‘g‘li.
Uning aytishicha, "suhbat davomida hech kim ovozini ko‘tarmagan".
Turkiyaning Antalya provinsiyasida diplomatik forum bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida Chovusho‘g‘li ishtirokida Lavrov va Kuleba o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid

14:39 / 24.05.2025
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi

23:03 / 23.05.2025
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov

12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi

21:28 / 30.04.2025