Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pasaydi
Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,05 so‘mga pastlab, 11 362,51 so‘mni tashkil qildi. Yevro 32,64 so‘mga pastlab, 12 376,05 so‘m bo‘ldi. Rubl 11,33 so‘mga ko‘tarilib, 147,09 so‘mga teng bo‘lib turibdi
6 aprel kuni dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pastlab, 11 370,56 so‘mni tashkil qilgandi.
Bankers.uz ma’lumotiga ko‘ra, oxirgi ikki haftada o‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan 1,77 foizga (201,43) mustahkamlangan.
Mart oyidagi AQSh dollariga bo‘lgan talabning keskin oshishi Navro‘z bayrami arafasida — 18 mart kuni o‘zining cho‘qqisiga chiqdi. Markaziy bank 18 mart uchun AQSh dollari kursini 11 571,99 so‘m etib belgilagan edi. O‘shandan buyon dollarning rasmiy kursi asta-sekin pasayib bormoqda.
Milliy valuta qadrining oshishiga bir qator omillar sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Xususan, Markaziy bank I chorakda ichki bozorda 2,4 mlrd. dollarlik valuta intervensiyasini amalga oshirgan. Shuningdek, 17 mart kuni Markaziy bank asosiy stavkasi 3 punktga ko‘tarilib, 17 foiz qilib belgilandi.
Mavzuga oid

16:50 / 23.06.2025
Dollarning rasmiy kursi 12 410 so‘mgacha tushdi

21:49 / 19.05.2025
So‘nggi bir haftada dollar 100 so‘mga qimmatlab, keyin 122 so‘mga arzonlashdi

18:32 / 13.02.2025
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 13 000 so‘mdan oshdi

21:39 / 01.11.2024