Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahongir Ortiqxo‘jayev shaxmat bo‘yicha jahon chempioniga prezident nomidan Spark sovg‘a qildi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shaxmat bo‘yicha 3 karra jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinovga prezident nomidan Spark avtomobilini sovg‘a qildi.
Kecha, 11 aprel kuni poytaxtning Sergeli tumanida fuqarolar qabulini o‘tkazgan Jahongir Ortiqxo‘jayev shaxmat bo‘yicha 3 karra jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinovni ham qabul qildi. Hokim shaxmat ustasining iltimosiga ko‘ra, Sergelidagi park shaxmat maktabi qurib berilishini, u yerda bemalol, ijara haqi to‘lamasdan o‘quvchilarga shaxmat o‘rgatishi mumkinligini aytdi.
«Ungacha, maktabni gaplashinglar, toki yangi bino bitguncha ishlab turinglar. Yangi maktabda ishlab turasiz, keyin bu yoqqa ko‘chasiz. Hech qanaqa soliq to‘lamaysiz», - degan shahar hokimi.
Jahongir Ortiqxo‘jayev undan mashina hayday olishi haqida so‘raydi. Ijobiy javob olgach: «Mana shunga ertaga Spark sovg‘a qilinglar, prezidentning nomidan», - degan Ortiqxo‘jayev.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi tomonidan e’lon qilingan videoda shaxmat ustasi nomiga yangi Spark avtomobili rasmiylashtirib berilgani aks etgan.
Mavzuga oid

20:34 / 13.07.2025
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

21:33 / 12.07.2025
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda

17:53 / 12.07.2025