Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» AQShni dushman deb hisoblamasligini bildirdi
Sirojiddin Haqqoniy toliblar amerikaliklarni dushman sifatida ko‘rmasligini, ammo afg‘onistonliklarda AQShning maqsadlariga nisbatan ayrim shubhalar borligini qayd etdi.

Foto: Anadolu Agency
«Tolibon» harakati AQShni dushman sifatida ko‘rmaydi, dedi toliblar vaqtinchalik hukumati ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sirojiddin Haqqoniy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston uchun oxirgi 20 yil kurash va urushlar bilan o‘tgan bo‘lsa-da, toliblar AQSh va xalqaro hamjamiyat bilan ijobiy munosabatlarga intilmoqda.
Haqqoniy toliblar amerikaliklarni dushman sifatida ko‘rmasligini, ammo afg‘onistonliklarda AQShning maqsadlariga nisbatan ayrim shubhalar borligini qayd etdi.
U Afg‘oniston va uning xalqi xalqaro huquqqa muvofiq o‘z erkinligini himoya qilish huquqiga egaligini ta’kidladi.
Sirojiddiy Haqqoniy Afg‘onistondan hech bir davlatga tahdid bo‘lmasligiga kafolat berdi.
Mavzuga oid

18:13
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32