Toshkent metrosida 58 yoshli erkak poyezd yo‘liga tushib ketdi
Toshkent metropolitenining «Olmazor» bekatida fuqaro poyezd yo‘liga tushib ketdi. Bu haqda metropoliten xabarida aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro O.Z. metro vagoniga tezroq kirish uchun shoshilib borayotgan vaqtda ehtiyotsizligi sabab harakatlanishga tayyorgarlik ko‘rayotgan poyezd yo‘liga tushib ketgan.
Qayd etilishicha, metropoliten xodimlari hamda yo‘lovchilarning tezkorligi sabab fuqaro hech qanday tan jarohatlarsiz zudlik bilan poyezd yo‘lidan qutqarib olingan.
«Hurmatli metro yo‘lovchilari, bekat platformalarida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda, shoshilmasdan, o‘z hayotingizni xavfga qo‘ymagan holda harakatlanishingizni so‘raymiz!» - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi

08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi

18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi

10:00 / 11.04.2025