Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston xorijdan un sotib olish hajmini oshirdi
4 oyda 124,8 ming tonna bug‘doy uni import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Pixabay
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga qiymati 38,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 124,8 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.
Qayd etilishicha, bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchi – 122,8 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Rossiya – 1,9 ming tonna;
- AQSh – 50 tonna;
- Italiya – 27 tonna;
- Hindiston – 2 tonna;
- Fransiya – 1,8 tonna.
Bundan oldin 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qiymati 28,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 92,6 ming tonna bug‘doy uni import qilingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

09:21 / 23.07.2025
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

15:11 / 21.07.2025
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 5,5 milliondan oshdi

15:33 / 18.07.2025
Aholiga tegishli avtomashinalar soni ma’lum qilindi

08:25 / 17.07.2025