Biznes | 15:11 / 21.07.2025
1013
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 5,5 milliondan oshdi

Foto: Soliq qo‘mitasi

Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2025 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilgan aholining 58 foizi erkaklar, 42 foizi esa ayollardir. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslansa, 56 foizga ko‘paygan.

O‘zbekistonliklar eng ko‘p maishiy xizmatda o‘z-o‘zini band qilgan. Qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishda band bo‘lganlar soni esa o‘tgan yilgidan 64-66%gacha ko‘p.

Hududlar kesimida qaralganda esa eng ko‘p Samarqand viloyatida – yarim milliondan ortiq fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda 538,8 ming nafar fuqaro bilan Toshkent, 517,5 ming fuqaro bilan Qashqadaryo viloyatlari turibdi.

2025 yil boshlangandan beri esa 184,2 ming fuqaro o‘zini band qilishda yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyatini tanlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 1 iyul holatida 3,5 milliondan ortiq kishi o‘z-o‘zini band qilgan.

Mavzuga oid