Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda bog‘cha bolalari ishtirokida velomarafon o‘tkazildi - fotolar
1 iyun - Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni arafasida Samarqand shahrida 6 yoshli bolalar o‘rtasida velomarafon o‘tkazildi.

Foto: Kun.uz
Bu maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ikkinchi velomarafon. Ilk velomarafon 2021 yil 1 iyun kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgandi.
Bolalar velomarafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni rivojlantirish, ularga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilishni o‘rgatishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim vazirligi YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi, Sport vazirligi, Velosport federatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan velomarafonda qatnashgan bolalar esdalik medallari, sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ularga medallarni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov topshirishdi.
2022 yilda loyiha doirasida 20 ta maktabgacha ta’lim muassasasi tanlab olinib, ularga 500 ta begovel taqdim etildi.
Mavzuga oid

15:09 / 08.07.2025
Olti oyda bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holati aniqlandi

15:44 / 05.07.2025
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda

15:35 / 26.06.2025
“O‘rnimda boshqa odam bo‘lganda ham shu ishni qilardi” - bolakayni qutqargan YPX inspektori haqida

15:07 / 26.06.2025