Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosonda 2,5 yoshli bola xususiy bog‘chada vafot etdi
Xususiy bog‘cha rahbari qizaloqning yaqinlariga u mashinada dimiqib vafot etganini aytgan. Holatni prokuratura o‘rganmoqda.

Foto: Kun.uz
Qashqadaryo viloyati Koson tumani Ushoqtepa mahallasidagi xususiy bog‘chada 2,5 yoshli qizaloq vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2025 yil 20 iyun kuni Lola Haqnazarovaga tegishli xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan. 2,5 yoshli Zarina Izzatillayevani ertalab Lola Haqnazarova uyidan bog‘chaga olib ketgan. Ko‘p o‘tmay uning yaqinlariga qizaloqning tobi bo‘lmay qolgani haqida xabar berilgan.
“Otasi Rossiyada edi. Onasi bilan poliklinikaga bordik. Shifokorlar bolada hayot nishoni yo‘q edi deyishdi va u ekpertizaga olib ketilganini aytishdi. Uyga borib kutib o‘tirdik. Keyin xabar bo‘lgach ekspertizadan murdasini olib keldik. Bizga bola mashinada qolib, dimlanib o‘lgan deyishdi. Bizni hozircha hech kim hech qayerga chaqirgani yo‘q”, deydi Kun.uz’ga qizaloqning buvisi.
Buvining qo‘shimcha qilishicha, bolalarni bog‘cha rahbari Lola Haqnazarovaning o‘zi har kuni Spark mashinasida uydan bog‘chaga, bog‘chadan uyga tashigan. O‘sha kuni ham Zarinani bog‘chaga u mashinada olib ketgan. Qizning buvisiga ko‘ra, o‘sha paytda mashinada 7-8 nafar bola bo‘lgan.
Bolaning aynan nimadan vafot etgani hozircha ma’lum emas. Kun.uz jurnalisti bilan suhbatlashgan Ushoqtepa mahallasi raisi holatni tasdiqlab, hozirda ishni prokuratura o‘rganayotganini ma’lum qildi. Raisning aytishicha, qizaloqning vafotidan so‘ng xususiy bog‘cha faoliyati to‘xtatilgan.
Oldinroq Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi xususiy bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid

15:44 / 05.07.2025
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda

16:47 / 02.07.2025
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

14:40 / 01.07.2025
G‘ijduvonda bolalarni kaltaklagan tarbiyachi ishdan ketdi

11:32 / 01.07.2025