Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosi 15 ta bekatda vestibyullar ish vaqtini uzaytirmoqda
Toshkent metropoliteni 1 iyundan 15 ta bekatdagi ikkinchi vestibyullar ish vaqtini uzaytirmoqda. Ilgari ular soat 07:00 dan 19:00 gacha ishlagan.

Foto: Kun.uz
Metropoliten ma’muriyati xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyun kunidan boshlab Toshkent metropolitenining Hamid Olimjon, Pushkin, Mirzo Ulug‘bek, Oybek, Beruniy, Abdulla Qodiriy, «Novza», «Toshkent», «Kosmonavtlar», «Chorsu», «Tinchlik», «Turkiston», «Shahriston», «Bodomzor» hamda «Minor» metro bekatlarining 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) tonggi soat 05:00 dan kech soat 00:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Qayd etilishicha, bu metro yo‘lovchilariga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu bekatlarning 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) shu kunga qadar tonggi soat 07:00 dan 19:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgan.
Mavzuga oid

14:31 / 04.07.2025
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

23:04 / 27.06.2025
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi

17:42 / 25.06.2025
«Toshkent metropoliteni» tirbandliklar haqidagi e’tirozlarga javob qaytardi

21:42 / 24.06.2025