Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent xorijliklar uchun dunyodagi eng arzon shaharlar reytingiga kirdi
Hongkong chet elliklar uchun eng qimmat shahar hisoblanadi.

Foto: Kun.uz
Toshkent, Dushanbe va Bishkek xorijlik mutaxassislar yashashi uchun dunyodagi eng arzon shaharlar ro‘yxatidan joy oldi. Ma’lumotlar Cost of Living City Ranking’da keltirilgan.
Hammasi bo‘lib ro‘yxatda 227 ta shahar mavjud bo‘lib, hisoblash eng qimmatidan eng arzoniga qadar amalga oshiriladi.
Toshkent 221-, Dushanbe 225- va Bishkek 226-o‘rinni egallagan.
Xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shahar sifatida Hongkong, eng arzoni esa Anqara deb tan olingan.
Yuqori narx bo‘yicha birinchi o‘ntalikka bir vaqtning o‘zida Shveytsariyaning to‘rtta shahri kirdi: Tsyurix, Jyeneva, Bazel va Bern. Top-10 talikka Tel-Aviv, Nyu-York, Singapur, Tokio va Pekin ham kirdi.
Eng arzon shaharlar o‘nligidan, shuningdek, Istanbul, Karachi, Islomobod, Olmaota (219) joy oldi.
Har yili ko‘chib o‘tish uchun eng qimmat va arzon shaharlarning bunday reytingi tuziladi.
2021 yil yagona istisnoga aylandi, o‘shanda COVID-19 pandemiyasi tufayli tadqiqot o‘tkazmaslikka qaror qilingan.
Shaharlar 200 dan ortiq tovarlar va xizmatlar, jumladan, uy-joy ijarasi, jamoat transporti, oziq-ovqat, kiyim-kechak va ko‘ngilochar xizmatlar qiymati bo‘yicha baholanadi.
Mavzuga oid

23:41 / 07.07.2025
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi

19:00 / 07.07.2025
Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas – MMTV

18:43 / 07.07.2025
Toshkentda yuk mashinasi avtobus bekatiga borib urildi

22:35 / 05.07.2025