Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus ham yevroobligatsiyalar bo‘yicha defoltga yaqinlashmoqda
Belarus 13 iyulgacha investorlar oldidagi majburiyatlarini valutada bajarmasa, bu defolt deb hisoblanadi, deya ma’lum qildi Fitch Ratings.

Foto: AFP / Getty Images
Fitch xalqaro reyting agentligi 7 iyul kuni Belarusning xalqaro valutadagi uzoq muddatli reytingini CCC (defolt yuzaga kelishining real ehtimoli)dan C (defolt jarayoni boshlandi)ga o‘zgartirdi.
Bunday qaror Belarus rasmiylarining iyun oyi oxirida yevroobligatsiyalar bo‘yicha majburiyatlarini belarus rublida to‘lashini e’lon qilishi ortidan qabul qilindi.
Minskning bu xatti-harakatlari yevrobond chiqarish qoidalariga zid deb ko‘rilmoqda.
Belarus yevroobligatsiyalar bo‘yicha qarzlarini rublda to‘lash bo‘yicha ilk operatsiyani amalga oshirib bo‘lgan. Biroq 13 iyulgacha investorlar oldidagi majburiyatlarini tegishli valutada bajarmasa, Fitch buni defolt deb hisoblaydi.
Iyun oyi oxirida Moody’s agentligi Rossiya yevrobondlar bo‘yicha texnik defoltga uchraganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid

13:57 / 10.07.2025
Belarusda Tixanovskaya demokratik kuchlarining vakillari «terrorchilar» deb tan olindi

07:37 / 03.07.2025
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

18:31 / 27.06.2025