Samarqandda bog‘cha mudirasi metodistning boshini krujka bilan urib yordi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shrabot tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida xodimlar bir-birini "krujka" bilan urib, boshini yorgani haqida video tarqaldi. Samarqand viloyati IIB holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yilning 1 iyul kuni Qo‘shrabot tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birining mudirasi Ch.A. hamda shu muassasa metodisti E.G. o‘rtasidagi kelishmovchilik natijasida janjal yuzaga kelgan.
Viloyat IIB axborotida aytilishicha, o‘zaro janjal davomida Ch.A. E.G.ning boshi qismiga bokal bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 2 iyul kuni Qo‘shrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Rasmiy xabar matniga ko‘ra, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi

21:22 / 05.05.2025
“Qozonda 1 gramm go‘sht yo‘q” - Samarqanddagi davlat bog‘chasida bolalarga go‘shsiz ovqat berilmoqda

16:20 / 03.05.2025
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda

11:38 / 25.04.2025