Kreml Shryoderning Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligi to‘g‘risidagi gapiga izoh berdi
Gerhard Shryoder Stern va n-tv telekanallariga bergan intervyusida Rossiya Ukraina bilan nizoni diplomatik yo‘l bilan hal etishga tayyorligini aytgandi.

Foto: DPA
Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Rossiya Ukraina bilan tinchlik muzokaralariga «o‘z shartlari asosida» tayyorligini aytdi.
«Ha, Rossiya darhaqiqat Ukraina muammosi diplomatik yo‘l bilan hal etilishiga tayyor – o‘z shartlari asosida», — dedi Peskov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «bu shartlar bo‘yicha Istanbulda kelishilgan» va muzokara jarayonining har ikkala ishtirokchisi bunga rozi bo‘lgan. Shundan so‘ng Ukraina «muzokara yo‘lidan» chiqib ketdi, dedi Peskov.
Avvalroq Peskov Kremlda Germaniya sobiq kansleri Gerhard Shryoder va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuvi o‘tkazilganini tasdiqlagandi.
Shryoder uchrashuvdan so‘ng Stern va n-tv telekanallariga bergan intervyusida Rossiya Ukraina bilan nizoni diplomatik yo‘l bilan hal etishga tayyorligini aytdi.
Mavzuga oid

00:17
Tramp Zelenskiy va Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi

21:26 / 28.05.2025
Rossiya Ukrainaga yangi uchrashuv sanasi va vaqtini taklif qildi - Medinskiy

18:50 / 28.05.2025
Putin G‘arbdan NATO sharqqa tomon kengaymasligi haqida «yozma kafolat» olishni istaydi – OAV

16:43 / 28.05.2025