O‘zbekiston va Belarus avtotashuvlar bo‘yicha ruxsat berish tizimini bekor qilmoqchi
O‘zbekiston va Belarus yuklarni xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda ruxsat berish tizimini bekor qilish ustida ish olib borishga kelishib oldi.
Bu haqda Belarus transport vazirligi matbuot xizmati xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha Belarus-O‘zbekiston komissiyasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha xabar berdi.
Tomonlar, shuningdek, transport sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar, 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan xalqaro tashuvlarga ruxsatnomalar soni aniqlashtirildi.
Bundan tashqari, Belarus tashuvchilari uchun 6000 ta «ikki tomonlama va tranzit» va 4000 ta «uchinchi mamlakatlarga/ mamlakatlardan» miqdorida qo‘shimcha O‘zbekiston ruxsatnomalarini ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

07:37 / 03.07.2025
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

18:31 / 27.06.2025
Shavkat Mirziyoyev YeOII yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi

17:25 / 27.06.2025