Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosida yana texnik nosozlik yuz berdi
Bugun, 22 avgust kuni Toshkent metrosida yana texnik nosozlik yuz berdi. “Toshkent metropoliteni” DUK holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, tonggi soat 05:55 da 11-sonli harakat tarkibi 2-yo‘nalish bo‘ylab «Xalqlar do‘stligi» bekatiga kirib kelgan.
Bildirilishicha, kontakt relsida kuchlanishning pasayishi oqibatida mashinist yo‘riqnomaga asosan poyezdni harakatdan to‘xtatgan.
Energiya tizimi tomonidan zaxira qurilmalari orqali kontakt relsiga yuqori kuchlanish berilgan va harakat tarkibi harakatlanishda davom etgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda poyezdlar harakati doimiy jadval asosida davom etmoqda.
Mavzuga oid

14:31 / 04.07.2025
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

23:04 / 27.06.2025
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi

17:42 / 25.06.2025
«Toshkent metropoliteni» tirbandliklar haqidagi e’tirozlarga javob qaytardi

21:42 / 24.06.2025