Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya va Germaniya YeIni rossiyaliklarga viza berishni taqiqlamaslikka chaqirmoqchi
Parij va Berlin Yevroittifoq rossiyalik talabalar, rassomlar, olimlar va mutaxassislarga viza berishda davom etishi kerak deb hisoblamoqda.

Foto: Shutterstock
Fransiya va Germaniya qo‘shma bayonotida YeIni hukumatga aloqador bo‘lmagan rossiyaliklarga viza berishni davom ettirishga chaqiradi. Bu haqda Bloomberg YeI tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi uchun tayyorlangan hujjat matniga asoslanib xabar berdi.
Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, Parij va Berlin Yevroittifoq rossiyalik talabalar, rassomlar, olimlar va mutaxassislarga viza berishda davom etishi kerak deb hisoblamoqda.
Vazirlar uchrashuvida murosa sifatida rossiyaliklarning viza olishi uchun qo‘shimcha byurokratik jarayonlardan o‘tishi va ko‘proq pul to‘lashi ko‘zda tutilgan variant muhokama qilinadi, deb yozadi Bloomberg.
Avvalroq rossiyaliklarning Yevroittifoqqa kirishi taqiqlanishiga Portugaliya qarshi chiqqandi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, Rossiya xalqi Yevropa sanksiyalarining asosiy nishoni bo‘lmasligi kerak.
Shuningdek, Kipr va Gretsiya ham rossiyaliklarga viza berish taqiqlanishiga qarshi chiqqan. O‘z navbatida, AQSh Rossiya xalqiga zarar yetkazmaslik uchun viza berishni to‘xtatmasligini bildirdi.
Estoniya, Finlandiya, Latviya va Chexiya YeIni rossiyaliklarga viza berishni to‘xtatishga chaqirmoqda.
Mavzuga oid

18:52 / 06.07.2025
Xitoy YeIdan tibbiy uskunalar importiga cheklov joriy etdi

11:48 / 05.07.2025
YeIdan ikki tashkilot Rossiyadagi «nomaqbul» tashkilotlar reyestriga qo‘shildi

20:10 / 30.06.2025
Rossiya Yevropaning 15 ta OAV saytlariga kirishni chekladi

18:27 / 30.06.2025