YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana yarim yilga uzaytirdi
Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni 2026 yil 31 yanvarga qadar uzaytirdi. Sanksiyalar savdo, moliya, energetika, texnologiya va ikki maqsadli tovarlarni cheklashni o‘z ichiga oladi.

Foto: Getty images
Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar 2026 yil 31 yanvarga qadar uzaytirilishini e’lon qildi. Ushbu cheklovlar 2014 yilda joriy etilgan va o‘tgan yillar davomida bir necha bor kuchaytirilgan.
Sanksiyalar savdo, moliya, energetika, texnologiya va ikki maqsadli tovarlarni, shuningdek, sanoat, transport va hashamatli buyumlarni cheklashni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Rossiyadan YeIga dengiz orqali neft xomashyosi importi yoki uning qayta yuklanishiga ham taqiq joriy etilgan, bir qator Rossiya banklari SWIFT tizimidan o‘chirilgan.
«Rossiya Federatsiyasining noqonuniy harakatlari xalqaro huquqning asosiy me’yorlarini, jumladan kuch ishlatishni taqiqlovchi qoidani buzishda davom etar ekan, Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilgan barcha choralarni o‘z kuchida saqlash va zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha choralar ko‘rish maqsadga muvofiqdir», — deyiladi YeI kengashi press-relizida.
Hozirda YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini muhokama qilmoqda. 26 iyun kuni Bryusselda o‘tkazilgan sammitda Slovakiya qarshi chiqqani bois uni tasdiqlab bo‘lmadi. Ushbu sanksiyalar paketi doirasida Rossiya neftining bir barreli uchun eng yuqori narxni 60 dollardan 45 dollarga tushirishni nazarda tutadi. Shuningdek, Rossiya tanker flotining 77 ta kemasiga qarshi ham sanksiyalar qo‘llanadi.
Mavzuga oid

11:28
Donetskka zarba: bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi

11:10
“Propaganda ham nima deyishni bilmaydi” - Rossiya NATOning kuchayishini chorasiz kuzatmoqda

10:25
FT: NATO Odessa qo‘lga kiritilishi va kuzgacha frontda o‘zgarish sodir bo‘lishidan xavotirda

08:20