Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MB: avgustda yillik inflatsiya darajasi 12,3 foizni tashkil etdi
Iste’mol bozorlarida talab va taklifga ta’sir etuvchi ichki va tashqi iqtisodiy omillar ta’siri ostida narxlarga bosimning kuchayishi saqlanib qolmoqda.

Foto: Getty Images
Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar berdi.
MB ma’lumotiga ko‘ra, avgust oyida yillik inflatsiya darajasi 12,3 foizni tashkil qilgan. Yillik inflatsiya tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 16,3 foizga, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar narxi mos ravishda 10,9 foizga va 7,1 foizga oshdi.
Avgust oyi natijalariga ko‘ra, aholining inflatsiya kutilmalari keyingi 12 oyda 15,3 foizga, tadbirkorlarniki 14,1 foizgacha kamaygan, biroq joriy inflatsiya darajasidan yuqoriligicha qolmoqda.
Shuningdek, joriy yilda shakllangan bazaviy inflatsiyaning o‘sish tendensiyasi iqtisodiyotda inflyatsion xatarlari saqlanib qolayotganidan dalolat beradi.
Yillik bazaviy inflatsiya avgust oyida 12,4 foizni tashkil etdi va uning asosiy inflatsiyaga qo‘shgan hissasi 9,4 foiz punktiga ko‘tarildi.
Mavzuga oid

17:52 / 28.07.2025
Har uch o‘zbekistonlikdan biri pul jamg‘armaydi - so‘rovnoma

21:38 / 22.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

20:58 / 15.07.2025