O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalarga har oylik qo‘shimcha to‘lov tayinlanadi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslar uchun nafaqalar tayinlash, to‘lash va qayta hisoblash tartibini yanada takomillashtirish hamda ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022 yil 1 oktyabrdan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi tartiblar joriy etiladi:
- Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga proaktiv usul asosida har oylik qo‘shimcha to‘lovni tayinlash;
- 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarga va o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bola qonuniy vakiliga proaktiv usulda nafaqalarni tayinlash.
Bunda, nafaqalar ushbu toifa shaxslar hech qanday murojaatlarisiz axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida tayinlanadi.
Quyidagilar:
- davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim shaxslar toifasi, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifa shaxslar uchun har oylik nafaqalarni olish uchun murojaat qilish tartibi, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifa shaxslar uchun har oylik nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash, to‘lash va to‘lovini tiklash tartibini nazarda tutuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlashda Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali birgina so‘rovnomani to‘ldirgan holda nafaqa tayinlashni nazarda tutuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish ma’muriy reglamenti;
- 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bola va o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bola qonuniy vakiliga biror-bir turdagi murojaatini talab etmasdan vazirlik va idoralar axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlarga asosan proaktiv usulda nafaqalar tayinlashni nazarda tutuvchi 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarga va o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bola qonuniy vakiliga proaktiv usulda nafaqalar tayinlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish ma’muriy reglamenti;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslardan biror-bir turdagi murojaat talab etmasdan vazirlik va idoralar axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlarga asosan proaktiv usulda qo‘shimcha to‘lovni tayinlashni nazarda tutuvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga proaktiv usulda qo‘shimcha to‘lovni tayinlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi va 2022 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

11:30 / 08.04.2025
Raqobat qo‘mitasi avtoturargohlardagi noqonuniy to‘lovlar haqida xabar berishga chaqirdi

15:36 / 20.03.2025
21−22 mart kunlari elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov qilishda uzilishlar bo‘ladi

16:12 / 23.12.2024
Moped va skuterlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov joriy qilindi

09:45 / 27.11.2024