Ta’lim muassasalarida aholiga pulli xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklari tashkil etiladi

Foto: Kun.uz
Ta’lim muassasalarida aholiga pulli xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklari tashkil etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.
Pulli xizmat ta’lim muassasalari sport inshootlaridan foydalanish orqali aholi jismoniy tarbiya va sport sohasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ushbu sohada xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sport inshootlari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda pulli xizmat ko‘rsatuvchi trenerlar mehnatini rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish maqsadida tashkil etiladi.
Sport inshootida tashkil etiladigan pulli xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklari to‘g‘risida ta’lim muassasalari tomonidan aholi, o‘quvchi-yoshlar va talabalar o‘rtasida ommaviy axborot vositalari, internet orqali va boshqa shaklda targ‘ibot ishlari olib boriladi.
Targ‘ibot ishlari natijalari bo‘yicha sport to‘garaklarida shug‘ullanish istagida bo‘lganlar to‘g‘risida ta’lim muassasasida doimiy yangilab boriladigan ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Sport to‘garaklari shug‘ullanuvchilar ehtiyojlaridan kelib chiqib ta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi asosida va trenerlar ixtisosligini inobatga olgan holda tashkil etiladi.
Pulli xizmat ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdori trener tomonidan ta’lim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ta’lim muassasasi rahbari rejalashtirilayotgan pulli xizmat turi, hajmi va uni bajarish xarajatlari, tasdiqlangan narxlar va tariflardan kelib chiqib, sport inshootlarida ko‘rsatiladigan pulli xizmat daromadlar hamda xarajatlar smetasini tuzadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Kam ta’minlangan oilalardan to‘garakka boradiganlarga to‘lovlar 50 foizga kamaytiriladi. Bunda oilaning kam ta’minlangani “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali aniqlanadi.
Bir oiladan 2 yoki undan ko‘p farzand ishtirok etganda, to‘lovlar imtiyozli ravishda har bir bola uchun 70 foiz miqdorida qo‘llaniladi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning uran boyitish zavodida deyarli barcha sentrifuga yo‘q qilingani aytildi
Jahon | 02:03
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
-
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi
Jahon | 00:30
-
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos
Jahon | 00:11
Mavzuga oid

17:23 / 16.06.2025
Kambag‘al oilalar farzandlari qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi

19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi

20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi

18:01 / 13.02.2025