Toshkentda metro bekatigacha vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi
«Toshshahartransxizmat» tomonidan 19 sentabr kunidan vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari harakati tashkil etildi.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, avtobuslar harakati quyidagicha tashkil etilyapti:
- «Toshkent Indeks» talabalar yotoqxonasi – 3-metro bekati»;
- «Toshkent Indeks» talabalar yotoqxonasi – 4-metro bekati»;
- «Toshkent Indeks» talabalar yotoqxonasi – 5-metro bekati».
Ushbu avtobus yo‘nalishlari talabalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri «Toshkent Indeks» talabalar yotoqxonasidan o‘quv manzillariga yetib olishi hamda turar joyiga qaytib kelishi uchun maxsus tashkil etilgan.
Yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar jamiyat «4-Avtobus saroyi» va «12-Avtobus saroyi» filiallariga biriktirildi. Yo‘nalishdagi jadvallar soni «Isuzu» rusumli avtobuslar asosida 6 ta etib belgilangan.
Mavzuga oid

15:04 / 29.06.2025
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

23:04 / 27.06.2025
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi

15:06 / 27.06.2025
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi

17:42 / 25.06.2025