Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Surxondaryoda transchegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi
Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda “Afg‘oniston-Tojikiston-O‘zbekiston” yo‘nalishida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullanuvchi transchegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Videodan kadr
Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sho‘rchi va Uzun tumanlarida yashovchi 3 nafar fuqaro ketayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, muqaddam 2 nafari sudlangan ushbu shaxslar yonida 670 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu modda Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsdan 2800 AQSh dollariga sotib olingani ma’lum bo‘lib, u ham qo‘lga olindi.
Tezkor tadbir ikkinchi bosqichida Boysun tumanidagi “Darband” YPX maskanida Uzun tumanida yashovchi 3 nafar shaxs ketayotgan “Nexia 2” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Avtomashina salonida 9 kg 410 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, tojikistonlik narkokurerlar tomonidan Uzun tumani hududiga o‘tkazilgan mazkur giyohvandlik vositasi aslida Samarqand viloyatida kutib turgan xaridorlarga yetkazilishi kerakligi ma’lum bo‘ldi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Nurobod tumanida ushbu narkotik modda ma’lum bir qismini qabul qilib olgan vaqtda Samarqand va Andijon shaharlarida yashovchi 3 nafar fuqaro ham ushlandi.
Denov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning yashash xonadonida 964 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, u ham o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 11 nafar shaxs ushlanib, ulardan 11 kg 44 gr “gashish” moddasi musodara qilindi.
Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

13:27 / 23.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

09:27 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi

21:20 / 21.07.2025