Ta’lim sohasida mehnat qilayotganlar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi
“Oliy ta’lim a’lochisi” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, “Oliy ta’lim a’lochisi” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.
Ko‘krak nishonlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fuqarolar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishonlari bilan mukofotlash oliy ta’lim vaziri buyrug‘i asosida amalga oshirilib, u mukofotlangan shaxslarga 1 oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi.
Mavzuga oid

16:00 / 03.06.2025
Qishloqdan xalqaro maydon sari: 30 dan ortiq mamlakatda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan o‘zbek qizi hikoyasi

15:31 / 03.06.2025
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

17:17 / 22.05.2025