Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yaqin kunlarda O‘zbekiston axborot kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi” – Olimjon O‘sarov
26 oktyabr kuni Oliy Majlis Senati binosida O‘zbekistonda so‘z erkinligi masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov O‘zbekistonda yagona Axborot kodeksi ishlab chiqilayotgani va uning yaqin kunlarda taqdimot qilinishi haqida ma’lumot berdi.
“Bugun parlamentda yagona Axborot kodeksi tayyorlanmoqda. Bilasiz, bugun O‘zbekistonda OAV faoliyatini tartibga soladigan o‘ndan ortiq qonun va qirqdan ortiq qonunosti hujjatlar mavjud. Eng qizig‘i, bu qonunlardagi ayrim moddalar bir-birini inkor etadi.
Biz Axborot kodeksi qabul qilinishi kerakligi bo‘yicha anchadan buyon takliflarimizni bildirib kelayotgandik. Yaqinda prezident ham bu kodeks ishlab chiqilishi kerakligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Bugun bu kodeks ishlab chiqilmoqda. Men Axborot kodeksida asosiy uchta nuqta birlashishi kerak, deb o‘ylayman. Masalan, kodeksda axborot o‘zi nima ekanligiga aniq ta’rif berilishi kerak. Shuningdek, uni tarqatuvchi va undan foydalanuvchi masalasi belgilanishi lozim.
Bugun jurnalistlardan ularning faoliyati tartibga solingani, lekin blogerlarga nisbatan javobgarlikni ko‘zda tutvchi qonun hujjatlari mavjud emasligi bo‘yicha ko‘p e’tiroz bo‘ladi.
Yangi kodeksda “axborot tarqatuvchi”siga oid norma belgilanishi kerak. Chunki bugun axborot tarqatuvchisi sifatida ko‘plab yangi yo‘nalishlar kirib kelyapti. Masalan, “Tik-tokchi”, “vaynerchilar” kabi. Ular ham axborot tarqatuvchi. Fikrimcha, axborot tarqatuvchilarning barchasiga bir xil huquq va normalar belgilanishi kerak.
Men yangi kodeksning mazmuni haqida to‘la to‘xtalmoqchi emasman. Chunki kodeks loyihasi tayyor bo‘lgach, u jamoatchilikka e’lon qilinadi.
Hozir bu borada AOKA huzurida tuzilgan alohida ishchi guruh tomonidan katta ishlar qilinyapti. Yaqin kunlarda bu kodeks taqdimoti ham rejalashtirilmoqda.
Noyabr oyida biz AOKA bilan hamkorlikda yirik Media forum o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. Ana shu forum davomida jurnalistlarning takliflari bilan kodeks yanada boyitiladi, deb o‘ylayman”, – deya Olimjon O‘sarov so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

12:14 / 09.01.2023
Prezident spichrayterlari guruhida tayinlovlar bo‘ldi

10:27 / 25.09.2021
OAVni QQSdan ozod etish o‘rniga unga imtiyoz berish kerak – Olim O‘sarov

09:04 / 25.09.2021
Mansabdor shaxs yoki davlat organiga jurnalistni sudga berishdan avval O‘JIU xulosasini olish majburiyati belgilanishi mumkin

13:43 / 23.09.2021