Germaniya Orolbo‘yida ekologik va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishi mumkin
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Germaniya kun tartibining hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Germaniya bozoriga keng turdagi sifatli va raqobatbardosh O‘zbekiston mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish, Germaniya yetakchi kompaniyalarini jalb etgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida, xususan, «Yashil makon» umummilliy dasturi va Germaniya tashqi ishlar vazirligining «Yashil Markaziy Osiyo» tashabbusi doirasidagi hamkorlik jihatlarini muhokama qildilar.
Annalena Berbok O‘zbekistonning Orol dengizi inqirozi oqibatlariga qarshi kurashishdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid

01:39
NATO Germaniyadan yana 40 ming harbiy xizmatchi so‘ramoqchi - Reuters

18:47 / 28.05.2025
Shveytsariya 71 ta Leopard tankining Germaniyaga sotilishiga ruxsat berdi

13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi

11:22 / 28.05.2025