Jahon | 07:50
1115
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya: HAMAS qurollarini tashlasa, G‘azodagi urush tugaydi

G‘azo sektoridagi urush HAMAS jangchilari qurollarini tashlashdan bosh tortgani uchun davom etmoqda, deya ma’lum qildi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi. Idora rahbari Yoxann Vadeful jangchilarni taslim bo‘lishga, garovga olinganlarni ozod qilishga va hokimiyatdan ketishga chaqirdi.

Foto: Michael Kappeler/dpa/picture alliance

Agar HAMAS jangchilari qurollarini tashlab, garovga olinganlarni ozod qilsa va sektorda hokimiyatdan voz kechsa, G‘azodagi urush tugaydi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Tel-Avivga uchishidan oldin aytib o‘tdi. Uning so‘zlari TIV saytida e’lon qilingan.

«Germaniya Isroil tomonida bo‘lishda davom etib, HAMAS nihoyat garovga olinganlarni, jumladan, Germaniya fuqarolarini ozod etishini, qurolsizlanishini va Falastin hududlaridagi siyosiy ta’sirini to‘xtatishini ta’minlashga intiladi. Harakat boshqa hech qachon Isroilga tahdid solmasligi kerak», — dedi Vadeful.

«Muzokaralar olib borishga urinishlar davom etayotganiga qaramay, HAMAS haligacha taslim bo‘lishni va bu urushni tugatishni istamayapti», — deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Shu bilan birga, vazirlik G‘azo sektoridagi vaziyatning keskinlashganini e’lon qildi. «Germaniya Isroil oldidagi alohida mas’uliyatini tan oladi. Ammo G‘azo sektoridagi vaziyatning keskin yomonlashishi Germaniyani befarq qoldira olmaydi va qoldirmaydi ham», deyilgan TIV saytida.

Mavzuga oid