Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Air Arabia Samarqand yoki Buxoroga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapti

Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchisi Abdulaziz Aqqulov BAAning Air Arabia aviakompaniyasi tijorat menejyeri Akram Al Ismoil boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Air Arabia aviakompaniyasi shu yil 7 dekabrdan boshlab haftasiga 2 marotaba Abu Dabi – Toshkent – Abu Dabi yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Kelgusida ushbu qatnovlarni haftasiga 7 martagacha oshirish mo‘ljallanmoqda.
Uchrashuvda ushbu havo qatnovlarini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish, O‘zbekiston boshqa shaharlariga parvozlarni amalga oshirish imkoniyatlari, mamlakatda yetishtirilgan mahsulotlarni BAAga eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Air Arabia vakillari yuklarni tashish bilan bog‘liq batafsil ma’lumotlarni qo‘shimcha ravishda taqdim qilishni, 2023 yil davomida aviakompaniya Abu-Dabidagi tayanch aeroporti ixtiyoridagi samolyotlar soni 8 tadan 15 taga ko‘payishi kutilayotgani va Samarqand yoki Buxoro shaharlariga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilayotganini ma’lum qilishdi.
Muhokamalar chog‘ida Air Arabia hamkorlari imkoniyatlaridan foydalangan holda Yevropadan O‘zbekistonga sayyohlarni jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid

20:03 / 07.07.2025
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi

22:12 / 25.06.2025
Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

21:38 / 16.06.2025
Dubayda aprel oyidagi janjal oqibatida ikki o‘zbekistonlik vafot etgani ma’lum bo‘ldi

00:25 / 14.06.2025