Jahon | 00:25
7663
1 daqiqa o‘qiladi

Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi

Samolyotlar vaqtincha uchmaydigan davlatlar qatoriga Eron, Iroq, Iordaniya, Armaniston, Rossiya, Ozarboyjon, Gurjiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ham kiradi.

Foto: Air Arabia

Birlashgan Arab Amirliklarining Air Arabia aviakompaniyasi Isroilning 13 iyunga o‘tar kechasi Eronga bergan zarbasidan keyin O‘zbekiston va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi.

Samolyotlar vaqtincha uchmaydigan davlatlar qatoriga Eron, Iroq, Iordaniya, Armaniston, Rossiya, Ozarboyjon, Gurjiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ham kiradi.

13 va 14 iyun kunlari parvozlar to‘xtatildi. Bundan tashqari, «ba’zi boshqa reyslar kechiktirilishi yoki yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin».

Mintaqadagi notinchlik ortidan Isroil, Iordaniya, Eron va Iroq o‘z havo hududini yopdi.

Mavzuga oid