Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulug‘nordagi maktabda o‘quvchi o‘qituvchini urdi
«Bezori» qiz 7-sinf o‘quvchisi. U stol ustidan sakrab o‘tib, o‘qituvchini tepgan.

Foto: Vid
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi maktablardan birida o‘quvchi qiz boshqa sinfxonadagi darsga xalal berib, o‘qituvchiga hujum qilgani aks etgan video tarqaldi. Andijon viloyat IIB xabariga ko‘ra, bu holat Ulug‘nor tumani, «Mingchinor» MFYda joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan.
Videoda o‘qituvchi 7-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qizga tanbeh bergani, shundan so‘ng ular o‘rtasida tortishuv yuzaga kelganini ko‘rish mumkin.
Tortishuv janjalga aylanib, qiz stol ustidan sakrab oshib o‘tadi va o‘qituvchini tepadi. Boshqa o‘qituvchilar ularni ajratib qolishgan.
Bahs nimadan kelib chiqqani hozircha ma’lum qilinmadi.
«Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Vaziyatga to‘laligicha oydinlik kiritilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi», – deyiladi IIB xabarida.
Mavzuga oid

09:54 / 03.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar maktabni ta’mirlashga chiqarildi

12:19 / 31.07.2025
Pedagoglar va o‘quvchilarga dam olish maskanlariga bepul yo‘llanma beriladi

12:29 / 29.07.2025
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi

14:48 / 26.07.2025