Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh o‘z suvosti kemalari joylashuvini Rossiyaga atayin ko‘rsatmoqda
Qo‘shma Shtatlar bu bilan o‘z harbiy flotining dunyoning istalgan nuqtasida joylashtira olishini namoyish etyapti.

Foto: Creative Commons
19FortyFive ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh harbiy-dengiz kuchlari o‘z suvosti kemalari joylashuvini Rossiyaga atayin bildirib qo‘ymoqda.
Vashington shu tariqa Xitoy, Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga atom suvosti kemalarini dunyoning istalgan nuqtasiga joylashtirishi mumkinligini ko‘rsatmoqchi.
10 noyabr kuni Ohio toifasidagi USS Michigan atom suvosti kemasi Yaponiyaning Okinava oroliga bordi. 1 noyabr kuni yana bir Ohio toifasidagi USS Rhode Island atom suvosti kemasi Gibraltarda to‘xtadi. Bundan oldinroq, yozda Rhode Island Shotlandiyadagi Qirollik dengiz flotining Clyde bazasiga suzib borgan edi. Bunga o‘xshash misollar shular bilan cheklanib qolmaydi.
Ohio toifasidagi suvosti kemalari 20 ta Trident II D5 yadroviy raketalari bilan jihozlangan. Ular 14 tagacha yadro kallaklarini tashuvchi qit’alararo ballistik raketalar bilan jihozlangan.
Mavzuga oid

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi

19:55 / 11.07.2025